"Loyiha va biznes boshqaruvi assotsiatsiyasi"  — bu a’zolarining tadbirkorlik va kasbiy faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek ularning umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida tashkil etilgan yuridik shaxslar uyushmasi (assotsiatsiya) bo‘lib, u nodavlat, notijorat tashkiloti hisoblanadi.

Bizning asosiy maqsadimiz — bilim, tajriba va ko‘nikmalar tashabbuslar hamda strategik maqsadlarni samarali amalga oshirish uchun mustahkam poydevorga aylanadigan shart-sharoitlarni yaratish.

 

Asosiy yo‘nalishlarimiz:

Kompetensiyalarni rivojlantirish:
Professional loyiha menejerlarini tayyorlash va ularning kompetensiyalarini rivojlantirish
Loyiha boshqaruvi sohasida zarur bo‘lgan bilim, amaliy ko‘nikma va professional kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini tashkil etamiz. Zamonaviy metodologiyalar, amaliy keyslar va real loyihalar asosida mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshiramiz.

Professional salohiyatni tasdiqlash:
Mutaxassislarning bilim va kompetensiyalarini obyektiv baholash va sertifikatlash
Loyiha boshqaruvi sohasidagi mutaxassislarning professional bilim, ko‘nikma va tajribasini baholash hamda ularning kompetensiyalarini tasdiqlovchi sertifikatlash tizimini rivojlantiramiz.

Professional hamjamiyat:
Mutaxassislar, tashkilotlar va loyiha menejerlarini yagona professional hamjamiyatga birlashtirish
Tajriba, bilim va professional aloqalar almashinuvi uchun ochiq platforma yaratamiz. Loyiha boshqaruvi sohasidagi mutaxassislarni birlashtirib, yangi hamkorlik va rivojlanish imkoniyatlarini yaratamiz.

Tashkilotlar rivojini qo‘llab-quvvatlash:
Tashkilotlarga loyihalarni samarali boshqarish va natijaga erishishda ko‘maklashish
Tashkilotlarning loyiha boshqaruvi salohiyatini oshirish, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish va loyihalarni samarali amalga oshirish uchun amaliy yechimlar taqdim etamiz.

Etika va standartlar:
Loyiha boshqaruvida professional standartlar va yuqori axloqiy tamoyillarni rivojlantirish
Loyiha boshqaruvi sohasida professionalizm, mas’uliyat, halollik va yuqori sifat standartlarini shakllantirishga hissa qo‘shamiz. Xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlarni O‘zbekiston amaliyotiga moslashtirishni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Loyiha va biznes boshqaruvi assotsiatsiyasi - professional rivojlanish, samarali boshqaruv va muvaffaqiyatli loyihalar uchun yagona muhit.
Biz loyiha menejerlari va mutaxassislarning professional kompetensiyalarini rivojlantiramiz, tashkilotlarning loyiha boshqaruvi salohiyatini oshiramiz va O‘zbekistonda zamonaviy loyiha va biznes boshqaruvi madaniyatini rivojlantirishga hissa qo‘shamiz.

Bizning mijozlarmiz

Bunday kompaniyalar bizga ishonishadi
PMBA consulting clients
PMBA consulting clients
PMBA consulting clients
PMBA consulting clients
PMBA consulting clients

Agar sizga professional xizmatlar kerak bo'lsa

Bizga yozing va biz albatta aloqaga chiqamiz